locale OZ

Yuventus Silvaga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda

Bernardu "Siti"ni tark etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yuventus Silvaga 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda
ФОТО: Getty images

Yuventus klubi Manchester Siti yarimhimoyachisi Bernardu Silvani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, Turin klubi 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga 3 yillik bitim taklif qilishga tayyor. Silvaga yiliga 7-8 million yevro atrofida maosh toʻlashga tayyor.

Futbolchi kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelmagan. Biroq mavsum yakunida qaysi jamoaga oʻtishini hal qiladi.

Joriy mavsumda u APL doirasida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting