locale OZ

«Yuventus» Serlot bilan muzokara boshladi

Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Juventus» Sörloth bilan muzokara boshladi
ФОТО: Getty images

“Yuventus” klubi “Atletiko” hujumchisi Alexander Serlot bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, tomonlar 30 yoshli norvegiyalik futbolchining shaxsiy shartnomasi borasida fikr almashmoqda.

Avvalroq forvardga “Milan” va “Barselona” ham qiziqish bildirgan. U kataloniyaliklar uchun Robert Levandovski o‘rniga ehtimoliy almashtiruvchi sifatida ko‘rilgan.

"Atlétiko Madrid" Serlotni 2024 yil yozida "Villarreal"dan 32 million yevroga sotib olgan edi. 2025/26 mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 54 o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting