locale OZ

«Yuventus» Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda

Futbolchi va uning oilasi esa Barselonadagi hayotidan mamnun.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Robert Levandovskiga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining vakillari bilan bog‘lanib, futbolchining xizmatlariga ehtiyoj borligini ma’lum qildi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, turinlik skautlar hujumchining JCh-2026 saralashi doirasidagi Albaniyaga qarshi kechgan yarimfinal bahsidagi (2:1) o‘yinini bevosita kuzatib borishgan. Mazkur uchrashuvda polshalik forvard raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Manbaning ta’kidlashicha, Levandovski kelajagi borasida qaror qabul qilishga shoshilmayapti. 37 yoshli futbolchi yakuniy to‘xtamga aprel oyi oxiridan erta kelmoqchi emas. «Barselona» rahbariyati hujumchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishga tayyor, biroq bu maoshning sezilarli darajada kamaytirilishi evaziga amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, futbolchi va uning oilasi Barselonadagi hayotidan mamnun ekani va faoliyatini yakunlagach ham o‘sha yerda qolishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Levandovski «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 3 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portaliga ko‘ra, tajribali hujumchining ayni damdagi bozor qiymati 8 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting