locale OZ

«Yuventus» Reynders uchun asosiy da’vogar

Transfermarkt futbolchini 60 mln yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Reynders uchun asosiy da’vogar
ФОТО: Getty images

“Manchester Siti” markaziy yarim himoyachisi Tijjani Reynders faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi “Yuventus”ning transfer maqsadiga aylangan.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi rahbariyati yozda Reyndersni qo‘lga kiritish uchun yaqin vaqt ichida sa’y-harakatlarni kuchaytirmoqchi.

Kelishuvning eng ehtimoliy varianti – ijara, chunki yarim himoyachining bozordagi narxi Italiya tomonini qoniqtirmayapti.

Joriy mavsumda 27 yoshli xavbek 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, yettita gol va sakkizta assist muallifiga aylandi. Transfermarkt futbolchini 60 mln yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting