locale OZ

«Yuventus» «Real» vingerining transferi ustida ishlamoqda — Di Marzio

Turin klubi marokashlik futbolchiga qiziqmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» «Real» vingerining transferi ustida ishlamoqda — Di Marzio
ФОТО: Getty images

Turinning «Yuventus» klubi Madridning «Real» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Brahim Diasga faol qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi insayder Janluka Di Marzio X ijtimoiy tarmog‘ida.

Manbaga ko‘ra, «keksa sinyora» vakillari ispan futbolchisini hujum chizig‘i uchun ustuvor kuchaytirish deb hisoblashmoqda.

Ta’kidlanishicha, Dias ayni damda o‘z kelajagi borasida jamoaning bo‘lajak bosh murabbiyining rejalarini bilish uchun «Real»da qolishni istamoqda.

O‘tgan mavsumda 26 yoshli ispan vinger klub miqyosida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va to‘qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting