«Yuventus» Rashford borasida muzokaraga kirishdi
Photo: Getty Images
“Yuventus” klubi “Manchester United” hujumchisi Markus Rashfordni sotib olishni istamoqda. Bu haqda insayder Janluka Di Marzio xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, turinliklar hozirda Rashford bilan shartnoma tuzish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Agar “Yuventus” ingliz klubi bilan kelisha olsa, Markus yangi mavsumni A Seriyada o‘tkazishi mumkin.
Avvalroq 27 yoshli hujumchi Ispaniyaning “Barselona” jamoasiga o‘tishga rozi bo‘lgani xabar qilingandi.
U o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida ijaraga asosida “Aston Villa”da o‘tkazdi va klub safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist