locale OZ

«Yuventus» qishda Balogunni transfer qilishni rejalashtirmoqda

Balogun yozgi transferlar oynasida «Everton»ga o‘tishga juda yaqin kelgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» qishda Balogunni transfer qilishni rejalashtirmoqda
ФОТО: Getty images

«Monako»ning markaziy hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turinning «Yuventus» klubi 25 yoshli forvard xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi transfer qishki transfer oynasida amalga oshishi ehtimoli bor.

Balogun yozgi transferlar oynasida «Everton»ga o‘tishga juda yaqin kelgan edi. Angliya klubi amerikalik futbolchi uchun 45 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan, ammo yakunda kelishuv amalga oshmay qoldi.

Balogun joriy mavsumda «Monako» safida Fransiya chempionatining atigi bir uchrashuvida maydonga tushdi va unda samarali harakat qayd etmadi.

Eslatib o‘tamiz, Balogun 2026-yilgi jahon chempionatida ham katta shov-shuvga sabab bo‘lgan voqea ishtirokchisiga aylangan edi. 1/8 final uchrashuvi oldidan uning qizil kartochkasi bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu qaror AQSh prezidenti Donald Trampning FIFA prezidenti Janni Infantino bilan telefon orqali muloqotidan keyin qabul qilingani aytilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting