locale OZ

«Yuventus» Pikfordga qiziqib qoldi

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 13 mln yevroga baholamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Pikfordga qiziqib qoldi
ФОТО: Getty images

"Everton" va Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

Turin klubi yangi darvozabon izlamoqda. Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma'lumotiga ko'ra, "Yuventus"ga agentlar orqali Pickford nomzodini ko'rib chiqishni taklif qilishgan. Klub bu transferga qay darajada qiziqayotgani hozircha noma'lum.

O'tgan yilning kuzida Pikford "Everton" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 13 mln yevroga baholamoqda. Avvalroq "Yuventus" "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinezga ham qiziqish bildirgan edi.

Bu mavsumda Pikford 39 ta o'yinda maydonga tushib, 51 ta gol o'tkazib yubordi va 11 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting