locale OZ

«Yuventus» Perrone uchun taklif tayyorlamoqda

Transfermarkt portalida Perronening narxi 30 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Perrone uchun taklif tayyorlamoqda
ФОТО: Getty images

"Como" yarim himoyachisi Maksimo Perrone shu yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchini sotib olishga "Yuventus" qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

OAVda qayd etilishicha, Turin klubi yaqin vaqt ichida futbolchining transferi bo'yicha muzokaralarga kirishishi mumkin. "Como" o'z xavbekini taxminan 30 million yevroga baholamoqda.

Ma'lumot uchun, Maksimo Perrone 2025 yilda "Manchester City"dan 13 million yevro evaziga "Como"ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Italiya klubi safida barcha turnirlarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida Perronening narxi 30 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting