locale OZ

“Yuventus” o‘rtoqlik uchrashuvida “Chelsi”ni mag‘lub etdi

Bellashuvda Mixail Mudrik uzoq tanaffusdan so‘ng “Chelsi” safida maydonga qaytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yuventus” o‘rtoqlik uchrashuvida “Chelsi”ni mag‘lub etdi
Foto: Getty Images

“Chelsi” va “Yuventus” o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Turin klubining minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gonkongdagi “Kay Tak Sports Park” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Uchrashuvdagi yagona gol 68-daqiqada “Yuventus” hujumchisi Edon Jegrova tomonidan urildi.

Qolgan daqiqalarda London klubi hisobni tenglashtirishga harakat qildi, biroq “Yuventus” himoyasi ustunlikni saqlab qoldi. Yakuniy hisob — 0:1.

Mazkur uchrashuvning yana bir muhim voqeasi — Mixail Mudrikning uzoq tanaffusdan so‘ng “Chelsi” safida maydonga qaytgani bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting