locale OZ

«Yuventus» oldinda turgan ikkita oʻyin natijasiga koʻra Spallettining kelajagi borasida qaror qabul qiladi

«Zebralar»ni «Galatasaroy» va «Roma»ga qarshi muhim bahslar kutib turibdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» oldinda turgan ikkita oʻyin natijasiga koʻra Spallettining kelajagi borasida qaror qabul qiladi
FOTO: Getty Images

«Yuventus» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Luchano Spallettining klubdagi kelajagi borasida yakuniy qarorni navbatdagi ikki o‘yin natijasiga ko‘ra qabul qiladi. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, turinliklarni Chempionlar Ligasida «Galatasaroy»ga qarshi va A Seriyada «Roma» bilan muhim bahslar kutmoqda. Ushbu o‘yinlar mos ravishda 25 fevral va 1 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu o‘yinlar natijasiga nafaqat murabbiy, balki klub bosh direktori Damyen Komollining faoliyati ham bog‘liq bo‘lib turibdi. «Zebralar» rahbariyati klubning moliyaviy holatini yaxshilab olish uchun kelasi mavsumda albatta Chempionlar Ligasida ishtirok etishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» barcha musobaqalarda qatorasiga beshta o‘yindan buyon g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. «Galatasaroy» bilan o‘tgan dastlabki bahsda Spalletti shogirdlari 2:5 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. A Seriya turnir jadvalida esa jamoa 46 ochko bilan 5-o‘rinni egallab turibdi. Ularning bo‘lajak raqibi «Roma» esa 47 ochko bilan 4-pog‘onadan joy olgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting