«Yuventus» Niko Gonsales bilan yangi shartnoma imzolaydi
Gonsalesning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Фото: Getty Images
Turinning «Yuventus» klubi yarim himoyachi Niko Gonsales bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishish arafasida. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Tomonlar muvaffaqiyatli muzokaralar o‘tkazib, 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishib olishdi. Kutilmoqdaki, yangi shartnoma shu oyning o‘zida imzolanadi.
O‘tgan yozda 28 yoshli argentinalik futbolchi Madridning «Atletiko» klubidagi ijaradan so‘ng «keksa sinyora» safiga qaytdi. U «matraschilar» safida ijara asosida to‘p surgan edi.
Gonsalesning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Argentinalik futbolchi joriy mavsumda Italiya chempionati doirasida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.