locale OZ

«Yuventus» Menyanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin orada boshlanishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yuventus Menyanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Milan darvozaboni Mayk Menyan mavsum yakunida klubni tark etishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, fransiyalik darvozabon Yuventusning qiziqish doirasiga tushib qolgan.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Turin klubi rahbariyati darvozabon pozitsiyasini mustahkamlash uchun nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda va Menyan ustuvor variantlar qatoriga kiradi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yaqin orada boshlanishi mumkin.

Yanvar oyi oxirida Menyan Milan bilan yangi shartnoma imzolagan, uning amal qilish muddati 2031 yilning yozigacha hisoblangan.

O‘tgan mavsumda 30 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 16 tasida o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, darvozabonning bozor qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting