locale OZ

«Yuventus» Matetani sotib olishga tayyor

Turin klubi unga 4 yillik shartnoma taklif qilgani aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Matetani sotib olishga tayyor
ФОТО: Getty images

“Yuventus” hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Jan-Filipp Mateta transferi ustida ish olib bormoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, turinliklar “Yuventus” va “Kristal Pelas” o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda va italiyaliklar futbolchi uchun rasmiy taklif ham yuborgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mateta “Yuventus”ga o‘tishga qarshi emas va hattoki shaxsiy shartnoma borasida ham dastlabki kelishuv mavjud. Turin klubi unga 4 yillik shartnoma taklif qilgani aytilmoqda.

Biroq transfer oson kechmaydi. “Kristal Pelas” o‘zining asosiy to‘purari arzon narxda ketishiga rozi emas va klub Matetani taxminan 35–40 million funt atrofida baholamoqda. Avvalgi takliflar rad etilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting