locale OZ

«Yuventus» Matetani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

28 yoshli futbolchi «Kristal Pelas»ni tark etishi haqida oʻylamoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Matetani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi «Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Matetaga qiziqish bildirmoqda. 28 yoshli fransiyalik futbolchi faoliyatida yangi sahifa ochishni istamoqda. Tuttosport xabariga ko‘ra, Italiya grandi futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

O‘tgan mavsumda Matetaga «Milan» ham qiziqish bildirgan edi, biroq 40 million yevrolik narx «rossonerilar» uchun haddan tashqari yuqori bo‘lgan. Hozirgi vaziyat esa o‘zgargan: futbolchining «Kristal Pelas» bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi va u kelishuvni uzaytirishni rejalashtirmayapti.

«Yuventus» hujumchi uchun 20–25 million yevro sarflashga tayyor bo‘lib, uni Dushan Vlahovichga ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Joriy mavsumda Mateta barcha musobaqalarda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatma qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting