locale OZ

«Yuventus» Martinez transferidan voz kechdi

Shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish ham muammo tug'dirmasligi kutilayotgan edi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Martinez transferidan voz kechdi
ФОТО: Getty images

Aston Villa darvozaboni Emiliano Martinez shu yozda Yuventusga o'tmaydigan bo'ldi.

The Athletic nashrining xabar berishicha, Turin klubi 33 yoshli argentinalik posbonning transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirishdan voz kechgan.

Avvalroq Yuventus Martinez bo'yicha yangi taklif kiritgan va klublarning narx borasidagi pozitsiyalari bir-biriga ancha yaqinlashgan edi. Shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olish ham muammo tug'dirmasligi kutilayotgan edi. Biroq yakunda Italiya klubi muzokaralardan chiqish va e'tiborni boshqa nomzodlarga qaratishga qaror qildi.

Shu bilan birga, avvalroq Aston Villa Parma'dan Zion Suzukini xarid qilish bo'yicha kelishuvga erishgani va Birmingham klubi uni yangi mavsumda asosiy darvozabon sifatida ko'rayotganini xabar qilingan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting