«Yuventus» Martinesning agentlari bilan muzokara o’tkazdi
Bu haqda La Gazzetto dello Sport xabar berdi.
ФОТО: Getty images
«Yuventus» «Aston Villa» darvozaboni Emiliano Martinesning agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda La Gazzetto dello Sport xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Turin klubi argentinalik kiperni o’z safiga qo’shib olishni rejalashtirmoqda. Darvozabonning o‘zi ham birminghemliklar klubidagi yuqori maoshiga qaramay, bu yozda jamoani tark etmoqchi.
Yakunlangan mavsumda Martines klub safida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazdi. Darvozabon ularda 49 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta uchrashuvda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Avvalroq darvozabon Mikele Di Gregorioning «zebralar»ni tark etishi haqida xabar berilgandi. «Yuventus» A Seriyada oltinchi o‘rinni egalladi va kelasi mavsumda Yevropa Ligasida o‘ynaydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist