locale OZ

«Yuventus» Martinesga shartnoma taklif qildi — Skira

33 yoshli Emiliano 2020 yildan beri Aston Villa safida to'p suradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Yuventus Martinesga shartnoma taklif qildi — Skira
ФОТО: Getty images

Italiyaning "Yuventus" klubi Angliyaning "Aston Villa" klubi va Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines bilan muzokaralarni boshladi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

"Yuventus" Emiliano Martinesga 2029 yilgacha mo‘ljallangan, yiliga 5,5 mln yevro maosh va imzo bonusi taklif qildi. Dibu "Aston Villa"ni tark etmoqchi, klub esa "Yuventus"dan darvozabon bo‘yicha birinchi taklifni kutmoqda. "Bianconeri" uni katta bo‘lmagan summa to‘lab, o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi», — deb yozadi Skira.

33 yoshli Emiliano Martines 2020 yildan beri "Aston Villa" safida to‘p suradi. U jamoa bilan Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘lgan (2025/2026 yilgi mavsum). Martines — Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi jahon chempioni.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting