«Yuventus» Marmushga e'tibor qaratgan
Turinning "Yuventus" klubi transfer bozorida hujum chizig'ini kuchaytirish uchun variantlar izlamoqda.
La Stampa nashri xabar berishicha, jamoa e'tiborini "Manchester City"ning 27 yoshli hujumchisi Omar Marmushga qaratmoqda.
Hozirda Italiya klubi rahbariyati "Manchester City" aynan shu transfer oynasida o'yinchini ijaraga qo'yib yuborishga tayyorligini baholamoqda. Ta'kidlanishicha, misrlik hujumchi nomzodini "Yuventus" bosh murabbiyi Luciano Spalletti yuqori baholamoqda.
O'tgan 2025/2026 yilgi mavsumda Marmush "shaharliklar" safida barcha turnirlarda 36 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga sakkizta gol va uchtadan golli uzatma yozdirib qo'ydi.
Omar bilan bir qatorda turinliklar Randal Kolo Muani va Aleksandr Serlotni taklif qilish variantlarini ham ko'rib chiqishda davom etmoqda.