locale OZ

«Yuventus» «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmushni ijaraga olmoqchi

27 yoshli hujumchi faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
«Yuventus» «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmushni ijaraga olmoqchi
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi transfer bozorida hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda va o‘z e’tiborini Angliya Premyer-ligasiga qaratdi. «Byankoneri» «Manchester Siti»ning 27 yoshli hujumchisi Omar Marmushga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Stampa nashri xabar tarqatdi.

Italiya klubi rahbariyati ayni damda «Manchester Siti» ushbu yozgi transfer oynasida misrlik futbolchini ijaraga qo‘yib yuborishga qanchalik tayyor ekanligini o‘rganmoqda. Qayd etilishicha, hujumchining nomzodi «Yuventus» bosh murabbiyi Lucheano Spalletti tomonidan yuqori baholanmoqda.

Ortda qolgan 2025/2026-yilgi mavsumda Marmush «shaharliklar» safida barcha turnirlarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol va 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Turinliklar Omar bilan parallel ravishda Randal Kolo Muani va Aleksandr Syorlot variantlarini ham ko‘rib chiqishda davom etmoqdalar.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting