locale OZ

«Yuventus» Lokatelli bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2028 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Lokatelli bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

«Yuventus» klubi jamoa yarimhimoyachisi va sardori Manuel Lokatelliga yangi shartnoma taklif qilishi mumkin. Bu haqda Tuttosport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham faoliyatini Turin klubida davom ettirish istagida. Lokatellining amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, tomonlar kelishuvni 2030 yilning yoziga qadar uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Yangi shartnoma imzolangan taqdirda, xavbekning maoshi mavsumiga 4 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot o‘rnida, Manuel Lokatelli «Atalanta» va «Milan» klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, uning faoliyatida «Sassuolo» jamoasi ham bor. Joriy mavsumda yarimhimoyachi barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting