“Yuventus” Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Jon Lukumini transfer qildi
28 yoshli futbolchi “Yuventus” bilan 2030-yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Foto: Getty Images
“Yuventus” markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirdi. Turin klubi “Bolonya” safida to‘p tepgan Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Jon Lukumi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.
28 yoshli futbolchi “Yuventus” bilan 2030-yil yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. Avvalroq transfer summasi 20 million yevro va qo‘shimcha bonuslarni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.
Turin klubi rasmiy bayonotida Lukumi ayni paytda faoliyatining eng yaxshi davrida ekanini va 2026/27-yilgi mavsumdayoq jamoaga katta yordam bera olishiga ishonch bildirdi.
Ma’lumot uchun, Jon Lukumi o‘tgan mavsumda “Bolonya” safida barcha musobaqalar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist