«Yuventus» Kolo Muanini sotib olmoqchi
“Yuventus” hujumchi Randal Kolo Muanini o‘z safiga qaytarish niyatida. Bu haqida La Gazzetta dello Sport xabar berdi.
Turinliklar 27 yoshli fransuz forvardni yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor maqsad sifatida ko‘rmoqda.
Futbolchining transfer huquqi “PSJ”ga tegishli. Biroq u Parijdagi omadsiz davrdan so‘ng ijara asosida avval "Juventus", keyin esa “Tottenhem” safida o‘ynadi.
Italiyada Kolo Muani samarali o‘yin ko‘rsatib, 22 ta uchrashuvda 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Londonda esa u o‘z darajasini ko‘rsata olmadi va “Tottenhem” futbolchini to‘liq sotib olishni rejalashtirmayapti.
Manbaga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Turinga qaytishdan manfaatdor. “Yuventus” rahbariyati allaqachon uning atrofidagi vakillar bilan aloqa o‘rnatgan.