locale OZ

«Yuventus» Kolo-Muani transferini hal qilish arafasida

Hozirda “keksa sinyora”ning futbolchi uchun so‘nggi taklifi 40 million yevrodan oshgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Kolo-Muani transferini hal qilish arafasida
ФОТО: Getty images

“Yuventus” “PSJ” hujumchisi Randal Kolo-Muani transferi bo‘yicha muzokaralarda ijobiy natijalarga erishdi. Bu haqida Corriere dello Sport xabar berdi.

Turin klubi ushbu transferni iyul oyi oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. Hozirda “Yuventus”ning futbolchi uchun so‘nggi taklifi 40 million yevrodan oshgan.

Shuningdek, tomonlar Kolo-Muanining keyingi ehtimoliy transferidan “PSJ”ga tegadigan ulush masalasini ham muhokama qilmoqda. Bungacha Parij klubi 27 yoshli hujumchini 50 million yevroga baholagandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting