«Yuventus» Kolo-Muani bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda
“Yuventus” klubi “PSJ” hujumchisi Randal Kolo-Muanini sotib olish ustida ishlashda davom etmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Turin klubi Kolo-Muani bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo‘lgan. Agar transfer amalga oshsa, futbolchi “Yuventus” bilan yillik maoshi 5 million yevro bo‘lgan besh yillik mehnat shartnomasini imzolaydi.
Hozirda “Yuventus” “PSJ” bilan muzokara olib bormoqda, biroq tomonlar hozircha bir qarorga kela olishgani yo‘q. Parijliklar futbolchi uchun 50 million yevro olmoqchi, ammo bu summa italiyaliklar uchun juda yuqori deb hisoblanmoqda.
Ma’lumot uchun, Kolo-Muani o‘tgan mavsumni “Tottenhem”da ijarada o‘tkazdi. U barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.