locale OZ

«Yuventus» Kessieni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Kessieni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
ФОТО: Getty images

"Al-Ahli" yarim himoyachisi Frank Kessie Italiyaga qaytishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Martsioning ma’lum qilishicha, “Yuventus” klubi ivuarlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Hozirgi vaqtda turinliklar havbek transferi ustida ish olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Frank Kessie 2023 yilda "Barselona"dan 12 million yevro evaziga "Al-Ahli"ga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi Saudiya klubi safida 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting