locale OZ

«Yuventus» Kenan Yildiz borasida «Chelsi» va «Arsenal»ga rad javobini berdi

Turinliklar rahbariyati 21 yoshli futbolchi boʻyicha soʻrovlarga qatʼiy munosabat bildirgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Kenan Yildiz borasida «Chelsi» va «Arsenal»ga rad javobini berdi
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi turkiyalik hujumchi Kenan Yildizning transferi boʻyicha «Chelsi» va «Arsenal» jamoalaridan boʻlgan takliflarga yakuniy javobini qaytardi. Unga koʻra, yosh yulduz Turinda qoladi va klub uni qoʻyib yuborish niyatida emas. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Manbaga koʻra, «Yuventus» rahbariyati London klublarining 21 yoshli futbolchi borasidagi soʻrovlariga qatʼiy munosabat bildirgan. «Chelsi» va «Arsenal» tomonidan taklif etilgan jiddiy mablagʻlarga qaramay, Yildiz jamoaning daxlsiz futbolchisi hisoblanadi hamda u sotilmaydi yoki boshqa oʻyinchiga almashtirilmaydi.

Joriy mavsumda Yildiz «Yuventus» safida barcha turnirlar doirasida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar moʻljallangan boʻlib, Transfermarkt portali hujumchining ayni paytdagi bozor qiymatini 70 million yevro deb baholagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting