locale OZ

“Yuventus” Kefren Tyuramni kamida to‘rt oyga yo‘qotdi

25 yoshli fransiyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini Fransiyaning Lion shahrida o‘tkazadi.
“Yuventus” Kefren Tyuramni kamida to‘rt oyga yo‘qotdi
Foto: Getty Images

“Yuventus” yarimhimoyachisi Kefren Tyuram tizzasidagi muammo sabab operatsiya qilinadi va kamida to‘rt oy maydonga tusha olmaydi. La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli fransiyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini Fransiyaning Lion shahrida o‘tkazadi.

Tyuramni o‘tgan mavsum oxiridan beri tizzasidagi og‘riq bezovta qilib kelayotgan edi. Dastlab konservativ davolash usuli tanlangan, biroq muammo to‘liq bartaraf etilmagan. Tekshiruvlardan so‘ng futbolchiga patellofemoral sindrom tashxisi qo‘yilib, operatsiya qilishga qaror qilindi.

Shifokorlarning dastlabki hisob-kitobiga ko‘ra, Tyuramning tiklanishi kamida to‘rt oy davom etadi. Shu sababli yarimhimoyachi 2026-yil oxirigacha maydonga tusha olmaydi va uning qaytishi 2027-yil boshlariga kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Tyuram o‘tgan mavsum “Yuventus” safida barcha turnirlarda 45 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol va 5 ta golli uzatma qayd etdi. U Turin klubiga 2024-yil yozida “Nitssa”dan 20,6 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting