\"Yuventus\" Jan-Filipp Mateta bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, \"Manchester Yunayted\"dan Joshua Zirkzening transferini ko‘rib chiqadi
Turinliklar "Kristal Pelas" bilan forvardni majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
photo: gettyimages
Jurnalist Janluka Di Marsioning xabar berishicha, "Yuventus" Jan-Filipp Mateta bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, "Manchester Yunayted"dan Joshua Zirkzening transferini ko‘rib chiqmoqda.
Turinliklar "Kristal Pelas" bilan forvardni majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, agar "Manchester Yunayted" Zirkzeyening ketishiga ochiq bo‘lsa, "Yuventus" ham uning nomzodini ma’qul ko‘radi.
Italiya klubi short-listidan "Fenerbaxche" vakili Yussef En-Nesiri ham o‘rin olgan bo‘lib, unga "Napoli"dan Antonio Konte ham qiziqish bildirmoqda.
Ibrohim Jalolov
Redaktor