locale OZ

\"Yuventus\" Italiya chempionatining 18-turida o‘z maydonida \"Lechche\"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi

"Yuventus" navbatdagi o‘yinini 6 yanvar kuni safarda "Sassuolo"ga qarshi o‘tkazsa, "Lechche" shu kuni "Roma"ni qabul qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" Italiya chempionatining 18-turida o‘z maydonida "Lechche"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi
photo: gettyimages

"Yuventus" Italiya chempionatining 18-turida o‘z maydonida "Lechche"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

45+2-daqiqada Lamek Banda mehmonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Ueston Makkenni hisobni tenglashtirdi. 66-daqiqada mezbonlar hujumchisi Jonatan Devid penaltidan unumli foydalana olmadi.

"Yuventus" barcha turnirlardagi 4 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasini to‘xtatdi. Italiya chempionatida turinliklar 33 ochko bilan beshinchi o‘rinda bormoqda. "Lechche" hisobida 17 ochko va 16-o‘rin bor.

"Yuventus" navbatdagi o‘yinini 6 yanvar kuni safarda "Sassuolo"ga qarshi o‘tkazsa, "Lechche" shu kuni "Roma"ni qabul qiladi.

Yuventus - Lechche - 1:1
3 yanvar, 22:00. Allyans (Turin)
Gollar: Banda, 45 (0:1). Makkenni, 49 (1:1)
Foydalanilmagan penalti: Devid, 66'
Yuventus: Di Gregorio, Kelli, Bremer, Kalyulyu, Kambyaso (Kostich, 69), Tyuram (Kopmeyners, 69), Lokatelli (Openda, 77), Makkenni (Adjich, 83), Devid, Konseysau (Jegrova, 46), Kenan Yildiz
Lechche: Falkone, Gallo, Tiagu Gabriel, Gaspar, Peres (Veyga, 32), Ramadani, Kaba, Banda (Xelgason, 81), Male, Perotti (Ndaba, 68), Kamarda (Shtulich, 68)
Ogohlantirishlar: Male, 61. Veyga, 70. Falkone, 90

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting