locale OZ

«Yuventus», «Inter», «Napoli» va «Vilyarreal» 22 yoshli darvozabonga qiziqmoqda

Palmizanining «Frozinone» bilan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus», «Inter», «Napoli» va «Vilyarreal» 22 yoshli darvozabonga qiziqmoqda
ФОТО: Getty images

«Frozinone» darvozaboni Lorenzo Palmizani Italiya va Ispaniya chempionatlaridagi bir qator klublarning e’tiborini tortdi.

Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotga ko‘ra, 22 yoshli darvozabonni «Yuventus», «Inter», «Napoli» va «Vilyarreal» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Palmizanining «Frozinone» bilan shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Darvozabonning transfer qiymati 4 million yevro atrofida baholanmoqda.

Lorenzo joriy mavsumda Italiya chempionatida beshta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan. U ikki bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting