locale OZ

“Yuventus” ikki hujumchi orasidan tanlov qilmoqda

Italiyaliklar “Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemadeni ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Yuventus” ikki hujumchi orasidan tanlov qilmoqda
Foto: Getty Images

Turinning “Yuventus” klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ikki futbolchini ko‘rib chiqmoqda. Italiyaliklar “Nyukasl” hujumchisi Nik Voltemadeni ijaraga olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Voltemadening o‘zi ham “Yuventus”ga o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Biroq Turin klubi uning transferi amalga oshmagan taqdirda “Manchester Yunayted” hujumchisi Joshua Zirkzeeni muqobil variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Voltemade yangi mavsumda “Nyukasl” safida ikkita uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Zirkzee esa hozircha joriy mavsumda rasmiy uchrashuvda maydonga tushmagan.

Ma’lumot uchun, “Yuventus” A Seriyaning dastlabki ikki turida olti ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting