«Yuventus» ikki darvozabonni kuzatmoqda
"Yuventus" "Benfika" darvozaboni Anatoliy Trubin va "Parma" posboni Zion Sudzukiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar qildi.
Manbaga ko'ra, turinliklar har ikki futbolchi bo'yicha dastlabki ma'lumotlarni so'rab olgan. Biroq darvozabon pozitsiyasini kuchaytirish uchun klubning asosiy maqsadi hali ham Argentina terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan va ayni paytda "Aston Villa" sharafini himoya qilayotgan Emiliano Martinez hisoblanadi. Shu bilan birga, hozircha klublar ehtimoliy transfer yuzasidan kelishuvga erisha olmagan.
Anatoliy Trubin 2023 yil yozida Donetskning "Shaxtyor" klubidan 10 million yevro evaziga "Benfika"ga o'tgan edi.
Uning Portugaliya klubi bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, ukrainalik darvozabonning bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.