locale OZ

\"Yuventus\" hujumchisi Liga 1 klubiga ijara asosida o‘tishga yaqin

Kelishuvda keyinchalik futbolchini sotib olish huquqi ham bo‘lishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Yuventus" hujumchisi Liga 1 klubiga ijara asosida o‘tishga yaqin
Foto: Getty Images

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Lois Openda faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Belgiya terma jamoasi futbolchisi "Lion" klubiga mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tishga yaqin turibdi. Kelishuvda keyinchalik futbolchini sotib olish huquqi ham bo‘lishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Openda "Yuventus" bosh murabbiyining rejalariga kirmayapti va klub unga muntazam o‘yin amaliyoti berish maqsadida ushbu transferni ma'qullashga tayyor. Muzokaralar yakuniy bosqichga yetgan bo‘lib, yaqin kunlarda rasmiy e'lon qilinishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting