locale OZ

«Yuventus» himoyachisi operatsiya qilinadi

Futbolchida oʻng tizzaning medial meniski yorilgani aniqlandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» himoyachisi operatsiya qilinadi
FOTO: Getty Images

«Yuventus» himoyachisi Federiko Gatti noma’lum muddatga safdan chiqdi. Turin klubi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, futbolchi o‘ng tizzasidagi menisk jarohati tufayli maydonga tusha olmaydi.

U Italiya Kubogi 1/8 finalida «Udineze»ga qarshi bahsning 56-daqiqasida jarohat sababli maydonni tark etgan.

«Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, himoyachida o‘ng tizzaning medial meniski yorilgani aniqlandi. Yaqin kunlarda Gatti jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi», — deyiladi klub bayonotida.

27 yoshli futbolchi 2022 yilning yanvarida «keksa sinora» safiga qo‘shilgan. Joriy mavsumda Gatti 18 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki bor gol urgan.

Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, himoyachining bozor qiymati 24 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting