locale OZ

«Yuventus» Heyseni ijaraga olmoqchi

Uning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Heyseni ijaraga olmoqchi
ФОТО: Getty images

“Real” himoyachisi Din Heysen faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

La Stampa nashri xabar berishicha, “Yuventus” klubi yozgi transfer vaqtida 20 yoshli ispaniyalik futbolchini ijaraga olishi mumkin.

Hozirda transfer bozorida Heysenning narxi taxminan 65 million yevroga baholanmoqda. Uning “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Din qirollik klubining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylanib, barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushdi hamda ikkita gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting