locale OZ

«Yuventus» Gudmundssonga qiziqish bildirmoqda

Turinliklar allaqachon islandiyalik o'yinchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Gudmundssonga qiziqish bildirmoqda
ФОТО: Getty images

“Yuventus” klubi “Fiorentina” hamda Islandiya terma jamoasi hujumchisi Albert Gudmundssonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “bianconeri” ushbu futbolchini “Real” a’zosi Brahim Diasga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda. Dias transferini amalga oshirish ancha qiyin bo‘layotgani ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, turinliklar allaqachon islandiyalik o‘yinchining atrofidagilar bilan aloqaga chiqqan.

Biroq Luciano Spalletti ushbu transferga unchalik qiziqish bildirmayotgani aytilmoqda. Kelishuv ijaraga olish shaklida bo‘lishi va keyinchalik 15–18 million yevro miqdorida sotib olish huquqi bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

O‘tgan klub mavsumida Gudmundsson 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting