«Yuventus» Emiliano Martines transferidan voz kechdi
Martines 2020 yil sentabridan beri Birmingem jamoasi safida to'p surmoqda.
ФОТО: Getty images
Italiyaning "Yuventus" klubi Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martinesni sotib olish rejasidan voz kechdi. Bu haqda mashhur transfer insayderi Fabrizio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Martinesning o'zi A Seriyaga ko'chib o'tishga tayyor bo'lgan. Biroq turinliklar "Aston Villa" talab qilayotgan transfer puli hamda darvozabonning yuqori maoshini hisoblab chiqqach, moliyaviy sabablar tufayli ushbu bitimni amalga oshirmaslikka qaror qildi.
Emiliano "Aston Villa" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. U 2020 yildan beri Birmingem klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist