«Yuventus» Emiliano Martines bilan muzokaralarni boshladi
Italiyaning «Yuventus» klubi Angliyaning «Aston Villa» jamoasi hamda Argentina terma jamoasi darvozaboni Emiliano Martines bilan muzokaralarga kirishdi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
«Yuventus» Emiliano Martinesga yiliga 5,5 million yevro maosh va shartnoma imzolagani uchun alohida bonus koʻzda tutilgan 2029 yilgacha moʻljallangan bitim taklif qildi. «Dibu» «Aston Villa»ni tark etishni xohlamoqda, Birmingem klubi esa Turinliklardan darvozabon borasida ilk rasmiy taklifni kutmoqda. «Byankoneri» uni unchalik katta boʻlmagan mablagʻ evaziga qoʻlga kiritishni rejalashtirgan», — deb yozadi Skira.
33 yoshli Emiliano Martines 2020 yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib keladi. U yakunlangan 2025/2026 yilgi mavsumda jamoasi bilan Yevropa Ligasi gʻolibiga aylandi. Eslatib oʻtamiz, Martines Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan.