«Yuventus» «Elche»ning yosh yarimhimoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Turinliklar isteʼdodli futbolchini kuzatuvga olgan.
FOTO: Getty Images
«Elche»ning yosh yarimhimoyachisi Rodrigo Mendosa Turin grandining e’tiborini tortdi. Tuttosport nashrining xabariga ko‘ra, «Yuventus» iste’dodli futbolchini kuzatuvga olgan.
Manbaga ko‘ra, Mendosaning amaldagi shartnomasida 20 million yevro miqdoridagi tovon puli bandi mavjud.
Joriy mavsumda u «Elche» safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Rodrigo klub tizimiga 2019 yilda qo‘shilgan bo‘lib, shu vaqtgacha umumiy hisobda 61 ta uchrashuvda qatnashgan, 6 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli yarim himoyachining hozirgi bozor qiymati 9 million yevroni tashkil etadi. Uning «Elche» bilan tuzilgan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist