«Yuventus» Duglas Luis bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokara boshladi
Turinning «Yuventus» klubi braziliyalik yarimhimoyachi Duglas Luis bilan hamkorlikni uzaytirishni rejalashtirmoqda. Klub futbolchining vakillari bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarga kirishgan. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Yuventus» rahbariyati 28 yoshli futbolchi bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish niyatida. Duglas Luis 2024 yil yozida Birmingemning «Aston Villa» klubidan «keksa senyora» safiga ko‘chib o‘tgan edi.
Braziliyalik futbolchining «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxiriga qadar mo‘ljallangan. Shunga qaramay, turinliklar uning shartlarini qayta ko‘rib chiqish va hamkorlik muddatini uzaytirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Duglas Luis joriy mavsumda «Yuventus» safida barcha musobaqalarda oltita uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda yarimhimoyachi hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Italiya chempionatining besh turidan so‘ng «Yuventus» hisobida 10 ochko bor. Turinliklar ayni paytda turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.