locale OZ

«Yuventus» Di Gregorio oʻrniga Alisson va Vikario nomzodlarini koʻrib chiqmoqda

Turinliklar rahbariyati jamoa darvozabonining oʻyinidan koʻngli toʻlmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Di Gregorio oʻrniga Alisson va Vikario nomzodlarini koʻrib chiqmoqda
FOTO: Getty Images

«Yuventus» jamoasi darvoza chizig‘ini kuchaytirish uchun yangi nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Turin klubi rahbariyati Mikel Di Gregorio ko‘rsatayotgan o‘yinlardan ko‘ngli to‘lmayapti va uning o‘rniga tajribaliroq posbon sotib olishni rejalashtirmoqda.

Klubning asosiy nishonlari sifatida «Liverpul» darvozaboni Alisson Bekker va «Tottenhem» a’zosi Gulyelmo Vikario ko‘rilmoqda. Alissonning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga yetadi.

Shuningdek, braziliyalik posbon avvalroq «Roma» safida «Yuventus»ning hozirgi bosh murabbiyi Luchano Spalletti qo‘l ostida to‘p surgan va uning uslubi bilan yaxshi tanish.

Shu bilan birga, Turin klubi vakillari Gulyelmo Vikarioning atrofidagilar bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha aloqaga chiqishga ulgurishgan. «Tottenhem» o‘z darvozaboni uchun 25-30 million yevro atrofida tovon puli talab qilishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting