“Yuventus” De Bruyne uchun kurashga qo'shildi
FOTO: Getty Images
Turinning “Yuventus” klubi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, turinliklar belgiyalik futbolchi bilan yozgi transferlar vaqtida shartnoma imzolash borasida bo'lgangan.
De Bruynega, shuningdek, “Napoli” ham qiziqish bildirmoqda va yiliga 10 million yevro maoshlik shartnoma borasida kelishuvga erishgan.
Ma'lumot uchun, Kevinning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. U 2015-yilning avgust oyidan buyon “Manchester Siti” safida o'ynab kelmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist