locale OZ

«Yuventus» Chempionlar Ligasidan qolib ketganiga qaramay, Luchano Spalletti o‘z lavozimida qoladi

Turinliklar keyingi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Chempionlar Ligasidan qolib ketganiga qaramay, Luchano Spalletti o‘z lavozimida qoladi
FOTO: Getty Images

Turinning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoaning 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar Ligasiga yo‘llanma ololmaganiga qaramay, iste’foga chiqarilmaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano o‘z blogida xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, «Yuventus» rahbariyati italiyalik mutaxassisning ketishi borasidagi masalani hatto ko‘rib ham chiqmagan, sababi joriy yilning aprel oyida uning klub bilan shartnomasi 2028 yilga qadar uzaytirilgan edi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Yuventus» 69 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida oltinchi o‘rinni egalladi va Yevropa Ligasi zonasidan joy oldi. Turonliklar Chempionlar Ligasi yo‘llanmasidan chempionatning penultim (oxiridan bitta oldingi) turida «Fiorentina»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, rasman mahrum bo‘lishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatidan Yevropaning eng nufuzli klublar musobaqasiga mamlakat chempioni — Milan shahrining «Inter» (87 ochko) klubi, shuningdek, «Napoli» (76), Romaning «Roma» (73) hamda «Komo» (71) jamoalari yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting