«Yuventus» Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor bir oʻyinda 5 ta gol oʻtkazib yubordi
Italiyaning «Yuventus» klubi Yevropa Chempionlar Ligasi tarixida ilk bor bir o‘yinda o‘z darvozasidan 5 ta to‘p olib chiqdi. YCHL 2025/2026 yilgi mavsumi pley-off bosqichining dastlabki bahsida turinliklar Turkiyada «Galatasaroy»ga yirik 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Opta Sports ma’lumotlariga ko‘ra, turinliklar oxirgi marta yevrokuboklarda 5 tadan ko‘p golni 1958 yili «Viner» jamoasidan o‘tkazib yuborgan edi (0:7). O‘shanda musobaqa Yevropa Chempionlari Kubogi deb atalgan.
«Galatasaroy» va «Yuventus» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25 fevral kuni Turindagi «Alyans» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yakunlariga ko‘ra, Turkiya klubi 10 ochko bilan 20-o‘rinni, Italiya jamoasi esa 13 ochko bilan 13-pog‘onani egallagan edi.