«Yuventus» «Chelsi»himoyachisini sotib olmoqchi
Turin klubi fransiyalik 22 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqmoqda.
ФОТО: Getty images
"Chelsi" himoyachisi Malo Gusto faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashri xabar berishicha, futbolchiga “Yuventus” jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Biroq “zebralar” hozirda bor e’tiborini “Atletiko” futbolchisi Nauel Molina tomon yo‘naltirgan. Agar klub u bilan kelisha olmasa, 22 yoshli himoyachi Gusto variantiga qaytadi.
O‘z navbatida “Chelsi” ham uni hozircha sotib yuborishni rejalashtirmayapti. Agarda Ris Jeyms safga qaytadigan bo‘lsa, “Yuventus”dan tushadigan taklifni ko‘rib chiqishlari mumkin bo‘ladi.
Gusto joriy mavsum 10 o‘yinda 2 ta golli pas uzatdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist