locale OZ

«Yuventus» Bernardu Silvani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi

Portugaliyalik futbolchi joriy mavsum oxirida «Man Siti»ni tark etishi kutilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» Bernardu Silvani oʻz safiga qoʻshib olmoqchi
FOTO: Getty Images

«Yuventus» klubi erkin agent maqomiga ega bo‘lishi kutilayotgan futbolchilar bozorini diqqat bilan kuzatmoqda va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silvani o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini baholamoqda. Bu haqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi uchun kurash juda qizg‘in kechmoqda. Turinliklarning uni qo‘lga kiritish imkoniyatlari ko‘p jihatdan «Yuventus»ning kelasi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi yoki kiritmasligiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Hozirgi kunda «byankonerilar» futbolchining vakillari bilan dastlabki muloqotlarni o‘tkazib ulgurishgan.

Bernardu Silvaga bo‘lgan qiziqish faqat «Yuventus» bilan cheklanib qolmayapti. Futbolchi uchun quyidagi klublar ham asosiy da’vogar sifatida ko‘rilmoqda:

  • «Inter» (Italiya)
  • «Galatasaroy» (Turkiya)
  • «Inter Mayami» (AQSH)
  • «Benfika» (Portugaliya)

31 yoshli yarimhimoyachi joriy mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting