«Yuventus» «Bavariya» futbolchisini sotib olmoqchi
Rafaelning bozor narxi 8 million yevroga baholanmoqda.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" klubi himoyachisi Rafael Guerreiro Germaniya chempionatini Italiya A Seriyasiga almashtirishi mumkin. Bu haqda Football Italia xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko‘ra, "keksa sinyora" 31 yoshli futbolchini qishki transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Rafaelning bozor narxi 8 million yevroga baholanmoqda, uning myunxenliklar bilan mehnat shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida portugaliyalik himoyachi 4 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist