locale OZ

«Yuventus» «Barselona» hujumchisini ijaraga olishi mumkin — Mundo Deportivo

Avvalroq turinliklar Levandovski bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Yuventus» «Barselona» hujumchisini ijaraga olishi mumkin — Mundo Deportivo
FOTO: Getty Images

«Barselona» qanot hujumchisi Runi Barji «ko‘k-anorranglilar» safida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotganidan norozi va shu sababli kelayotgan yozda boshqa klubga ijara asosida o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, 20 yoshli futbolchi uchun asosiy da’vogar «Yuventus» bo‘lib turibdi. Shuningdek, «Monako», «Portu» va «Betis» klublari ham Barjiga qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, ushbu jamoalar shvetsiyalik hujumchini hali u 2025 yilning yozida Kataloniya klubiga o‘tishidan avval ham o‘z safiga qo‘shib olishni istashgan edi.

Joriy mavsumda Barji barcha turnirlar doirasida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting