«Yuventus» Artur bilan shartnomani bekor qilishni muhokama qilmoqda
Ayni paytda tomonlar hamkorlikni muddatidan oldin tugatish shartlarini muhokama qilmoqda.
ФОТО: Getty images
"Yuventus" yarim himoyachi Artur Melo bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, Turin klubi anchadan beri 30 yoshli braziliyalik futbolchiga ishonch bildirmayapti. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakunlanadi.
Shu bois "Yuventus" Arturga shartnomani hoziroq o'zaro kelishuv asosida bekor qilishni taklif qilgan. Ayni paytda tomonlar hamkorlikni muddatidan oldin tugatish shartlarini muhokama qilmoqda.
Agar kelishuvga erishilsa, Artur erkin agentga aylanadi va yangi klubni to'siqsiz tanlashi mumkin bo'ladi.
2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Braziliyaning "Gremio" klubida ijarada to'p tepgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist